Har qanday
video —
oʻzbek tilida.
Istalgan tildagi videoni yuklang — VoxUz uni tabiiy oʻzbekcha ovoz bilan dublyaj qiladi. Blogerlar, oʻqituvchilar, biznes va YouTube kanallar uchun.
Namuna: David Roberts, “Climate change is simple”, TEDxTheEvergreenStateCollege — CC BY 3.0, Wikimedia Commons. Qisqartirilgan va VoxUz oʻzbekchaga dublyaj qilgan.
Uch harakat
Murakkab ish — bizda. Sizda — natija.
Yuklang
Inglizcha, ruscha, turkcha — istalgan tildagi videoni tashlang. Turini va gapiruvchilarni AI oʻzi aniqlaydi.
Kuting
Tarjima, ovozlash va tekshiruv avtomatik. Tayyor boʻlganda Telegramga xabar keladi.
Koʻring va yuklab oling
Biror joy yoqmasa, oʻz soʻzingiz bilan yozing — AI tuzatadi. Subtitr kerak boʻlsa, alohida .srt fayl ham beriladi.
Kimlar uchun
Chet el videolarini oʻzbek tomoshabiningizga — oʻzbekcha ovozda.
Blogerlar
Chet el vloglari va videolarini oʻz kanalingiz uchun oʻzbekchaga oʻgiring.
Oʻqituvchilar
Inglizcha va ruscha darslar, kurslar — oʻquvchilaringizga tushunarli oʻzbek tilida.
Kichik biznes
Mahsulot obzorlari, taqdimotlar, reklama roliklari — mijozlaringiz tilida.
YouTube kanallar
Tushuntirish, hujjatli va ilmiy-ommabop videolar — tabiiy oʻzbekcha ovoz bilan.
Natija qoʻlingizda
Dublyaj tayyor boʻlgach ham nazorat sizda — hech qanday murakkab dastur kerak emas.
“0:47 da ovoz kechikyapti” yoki “ovoz yoqmadi” deb yozasiz — AI tushunadi va oʻzi tuzatadi.
Butun videoni qayta koʻrish shart emas: tizim shubhali joylarni vaqti bilan koʻrsatadi.
Ismingiz, kanalingiz va brend nomlari qanday aytilishini bir marta yozasiz (iPhone → “Ayfon”) — dublyajda aynan shunday boʻladi.
Toʻlov tez orada: Payme va Click. Narx soʻmda va oldindan koʻrinadi. Savolga Telegramda oʻzbekcha javob.
Narx —
oldindan, soʻmda
Video necha daqiqa boʻlsa, shuncha toʻlaysiz. Kutilmagan toʻlov yoʻq. Birinchi 1 daqiqa — bepul. Toʻlov (Payme, Click) tez orada ulanadi.